TIJORAT BANKLARIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI.

Authors

  • Boyqobilova I Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Buxgalteriya kafedrasi katta o'qituvchisi
  • Abdullayeva E Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Bank-Moliya xizmatlari fakulteti BI- 424 guruh talabasi

Keywords:

tijorat banklari, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, raqamli transformatsiya, xalqaro moliyaviy hisobot standartlari, ichki audit, ichki nazorat, avtomatlashtirish, bank operatsiyalari, moliyaviy barqarorlik.

Abstract

Ushbu maqolada tijorat banklarida raqamli transformatsiya sharoitida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni takomillashtirish masalalari yoritilgan. Bank faoliyatida raqamli texnologiyalarni joriy etish hisob jarayonlarining aniqligi, tezkorligi va shaffofligini oshirishga xizmat qilmoqda. Maqolada buxgalteriya hisobida uchrayotgan muammolar, jumladan ma’lumotlarning kechikib shakllanishi, nazorat tizimining yetarli darajada samarali emasligi hamda xalqaro standartlarga to‘liq mos kelmaslik holatlari tahlil qilingan. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun hisob jarayonlarini avtomatlashtirish, ichki audit va nazoratni kuchaytirish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish bo‘yicha aniq taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

References

O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2019.

O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2016.

IFRS Foundation. International Financial Reporting Standards (IFRS). London, 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarni yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar. – Toshkent, 2022.

Karimov I.A. Banklarda buxgalteriya hisobi. – Toshkent: Iqtisodiyot, 2020.

Abdullayeva Sh.Z. Tijorat banklarida moliyaviy hisobot va audit. – Toshkent: Moliya, 2021.

Saidov B.S. Raqamli iqtisodiyot sharoitida bank hisobi va nazorati. – Toshkent, 2022.

Big Data va raqamli iqtisodiyot – Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: https://www.mf.uz/uz

Downloads

Published

2026-05-04