O‘ZBEKISTONDA HALOL O‘YINNING HUQUQIY TAMOYILLARI VA DOPINGNING SALBIY OQIBATLARI
Keywords:
Fair play, Doping, sport etikasi, antidoping siyosati, WADA, taekvondo, sportchilar sog‘lig‘i, halollik tamoyili, testlash tizimi, huquqiy me’yorlar, sportda axloq.Abstract
Mazkur maqolada World Anti-Doping Agency tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ilg‘or xalqaro tajriba hamda O‘zbekiston sport tizimidagi amaldagi holat asosida doping muammosining mazmun-mohiyati, uning sport faoliyatiga salbiy ta’siri va oldini olish mexanizmlari tahlil etilgan.
Tadqiqot jarayonida sportchilar, xususan, kurashchilar misolida dopinga nisbatan munosabat, ularning axloqiy qarashlari, huquqiy xabardorlik darajasi hamda kasbiy mas’uliyati o‘rganildi. Shuningdek, doping vositalarining inson salomatligi va sport natijalariga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy asosda yoritildi.
Maqolada milliy antidoping siyosatining amaldagi holati baholanib, yosh sportchilarni doping xavfidan himoya qilish, ularning ongida sog‘lom turmush tarzi va halol raqobat madaniyatini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, sport faoliyatida Fair Play tamoyillarini mustahkamlash, ya’ni halollik, adolat va sport etikasi me’yorlariga rioya etish dopingga qarshi kurashning muhim omili sifatida asoslab berilgan.
Tadqiqot yakunida sport tizimida halol o‘yin tamoyillarini keng joriy etish, antidoping nazoratini takomillashtirish hamda sportchilar o‘rtasida huquqiy va axloqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-dekabrdagi PQ–4910-son qarori “Milliy antidoping agentligini tashkil etish to‘g‘risida”.
Drozdov, E. A., & Makarova, T. V. (2018). Antidopingovoye obespecheniye v sporte vysshikh dostizheniy. Moskva: Sovetskiy sport.
Rakhmonova, M. (2022). O‘zbekistonda dopinga qarshi kurashning huquqiy asoslari. Sport va Jamiyat ilmiy-amaliy jurnali, 2(1), 48–55.
WADA. (2021). World Anti-Doping Code. World Anti-Doping Agency. https://www.wada-ama.org
WADA. (2023). Testing Figures Report 2022. World Anti-Doping Agency. https://www.wada-ama.org/en/resources
Backhouse, S. H., Whitaker, L., & Petróczi, A. (2014). Gateway to doping? Supplement use in the context of preferred competitive situations, doping attitude, beliefs, and norms. Scandinavian Journal of Medicine & Science in Sports, 23(2), 244–252. https://doi.org/10.1111/sms.12113
Kazakh National Anti-Doping Centre. (2022). Annual Report on Anti-Doping Testing and Violations. Nursultan.
Uzbekistan National Anti-Doping Agency. (2023). Dopinga qarshi kurash faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumotlar. Toshkent.
Jismoniy tarbiya va sport universiteti ilmiy-tadqiqot markazi (2022). Yosh sportchilarning dopinga oid bilim darajasini o‘rganish bo‘yicha monitoring hisobotlari. Toshkent.
Aschwanden C. (2019). Trans Athletes Are Posting Victories and Shaking up Sports.Wired Magazine, October 29, 2019. Available at: https://www.wired.com/story/the-glorious- victories-of-trans-athletes-are-shaking-up-sports/, accessed 01.12.2020.





