RAQAMLI SAVDO EKOTIZIMIDA AYLANMA IQTISODIYOT (CIRCULAR ECONOMY) TAMOYILLARINI TATBIQ ETISH ISTIQBOLLARI
Keywords:
raqamli savdo, aylanma iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, raqamli platformalar, resurs samaradorligi, ta’minot zanjiri, chiqindilarni kamaytirish, iqtisodiy transformatsiya.Abstract
Raqamli savdo ekotizimi jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo‘lib, u nafaqat iste’mol va ta’minot zanjirlarini optimallashtirish, balki resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu nuqtai nazardan, aylanma iqtisodiyot (circular economy) tamoyillarini raqamli savdo jarayonlariga integratsiya qilish barqaror iqtisodiy rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Mazkur maqolada raqamli savdo ekotizimida aylanma iqtisodiyot tamoyillarini tatbiq etishning nazariy asoslari va amaliy mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli platformalar orqali resurslarni qayta ishlatish, chiqindilarni kamaytirish, mahsulot hayotiy siklini uzaytirish hamda “yashil” iqtisodiy modelga o‘tish imkoniyatlari o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli savdo infratuzilmasi aylanma iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish uchun qulay shart-sharoit yaratadi, biroq bu jarayon institutsional, texnologik va tashkiliy omillarga bevosita bog‘liq.
References
Boboqulov, S. B., & Akramov, G. O. (2022). O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyot sharoitida elektron biznesni rivojlantirish yo‘llari. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot jurnali, 1(10). https://doi.org/10.55439/GED/vol1_iss10/a100
Malikov, S. X. (2025). O‘zbekistonda raqamli savdo (e-commerce) sektorining o‘sish tendensiyalari. Pedagogical Reforms and Their Solutions, 12(02), 1–15. https://worldlyjournals.com/index.php/PRS/article/view/17496
Sodiqova, D. Z. (2025). Development tendencies of electronic commerce in Uzbekistan. Marketing Journal, 2. https://marketingjournal.uz/index.php/mj/article/view/313
Jumaniyozova, M. (2024). Smart platformalarga asoslangan onlayn savdoning o‘rni va ahamiyati. Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari jurnali. https://dgeconomy.tsue.uz/index.php/dgeco/article/view/271
Abdullayev, N. A. o‘g‘li. (2025). O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va uning samaradorligi. Science and Innovation, 3(47). https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/65739





