DAVLAT BUDJETI TAQCHILLIGI, YUZAGA KELISH SABABLARI VA BARTARAF ETISH YO'LLARI
Keywords:
davlat budjeti, budjet taqchilligi, fiskal siyosat, soliq tizimi, davlat xarajatlari, makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o‘sish, moliyaviy siyosat, budjet balanslashuvi.Abstract
Mazkur maqolada davlat budjeti taqchilligi tushunchasi, uning iqtisodiy mohiyati hamda yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Budjet taqchilligining shakllanishida daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi nomutanosiblik, iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishi, soliq bazasining torligi hamda davlat xarajatlarining samarasiz taqsimlanishi kabi omillar muhim o‘rin tutishi asoslab beriladi. Shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri nuqtayi nazaridan budjet taqchilligining oqibatlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada davlat budjeti taqchilligini kamaytirish va uni boshqarishning asosiy yo‘llari sifatida fiskal siyosatni takomillashtirish, soliq tizimini optimallashtirish, davlat xarajatlarining samaradorligini oshirish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish choralari tahlil qilinadi. Xalqaro tajribalar va milliy iqtisodiyot amaliyotiga tayangan holda taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Ushbu tadqiqotning amaliy ahamiyati shundaki, u davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
References
Abduqodirov, A. (2018). Mehnat bozori va ishsizlik muammolari. Iqtisodiyot va ta’lim, 3(19), 112–117.
Akbarov, M. (2020). Milliy mehnat bozori: rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari. O‘zbekiston iqtisodiyoti, 4(40), 58–65.
Bektosh, N. (2022). Mehnat resurslaridan samarali foydalanish istiqbollari. Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar, 10(3), 74–81.
Ergashev, S. (2021). Yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash va bandlik muammolari. Yoshlar va zamonaviy jamiyat, 2(7), 123–129.
Jo‘rayev, S. (2018). O‘zbekiston mehnat bozorida bandlik muammolari va ularni hal qilish yo‘llari. Iqtisodiyot, 2(30), 51–57.
Karimova, D. (2017). Zamonaviy mehnat bozorining shakllanishi va rivojlanish yo‘nalishlari. O‘zbekiston iqtisodiyoti, 1(25), 92–99.





