O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YALMNING ISHLAB CHIQARISH TARKIBI TAHLILI

Authors

  • Iskandarov Bekzod Abdijalilovich,Raximova Sarvinoz Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi katta o’qituvchisi,Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

Keywords:

yalpi ichki mahsulot, ishlab chiqarish tarkibi, iqtisodiy tarmoqlar, qo‘shilgan qiymat, sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmatlar sohasi, tarkibiy o‘zgarishlar, iqtisodiy o‘sish, diversifikatsiya, strukturaviy transformatsiya, milliy iqtisodiyot

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulotning (YaIM) ishlab chiqarish tarkibi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi iqtisodiyot tarmoqlari kesimida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymat ulushini aniqlash, ularning o‘zaro nisbatini baholash hamda iqtisodiy o‘sishdagi tarkibiy siljishlarni ochib berishdan iborat. Ishda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasining YaIMdagi ulushi dinamikasi statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilib, tarkibiy o‘zgarishlarning asosiy omillari tahlil qilinadi. Shuningdek, mamlakatda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, modernizatsiya jarayonlari va xizmatlar sektorining kengayishi natijasida yuzaga kelayotgan strukturaviy transformatsiyalar ilmiy asosda yoritiladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, so‘nggi yillarda xizmatlar sohasi ulushining ortib borishi va sanoatning diversifikatsiyalashuvi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, ayrim tarmoqlarda samaradorlik darajasi pastligi va resurslardan foydalanishdagi nomutanosibliklar mavjudligi aniqlanadi.

References

Ishmuhamedov, A. E., & Xolmominov, Sh. R. (2005). O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti. Toshkent: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti.

To‘xliyev, N., Xolmatov, N., Ermamatov, Sh., & Haqberdiyev, Q. (2018). O‘zbekiston iqtisodiyoti. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimi nashriyoti.

Shodmonov, Sh. Sh. (2010). Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent: Iqtisod-moliya nashriyoti.

Qobilov, Sh. R. (2013). Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi nashriyoti.

Mamedov, X., Muminov, N., Umarov, A., & Ismailov, A. (2022). Iqtisodiyot nazariyasi (II tom). Toshkent: Bookmany print.

Downloads

Published

2026-04-23