TIBBIYOTDA AHAMIYATGA EGA BOʻLGAN HASHAROTLARNING XILMA XILLIGI
Keywords:
Tibbiy entomologiya, vektorlar, parazit hasharotlar, allergenlar, maggot terapiya, sud entomologiyasi.Abstract
Mazkur maqolada tibbiy biologiya doirasida hasharotlarning inson salomatligiga ta’siri va ularning epidemiologik ahamiyati o‘rganilgan. Hasharotlarning kasallik qo‘zg‘atuvchi va tashuvchi sifatidagi roli, parazitlik xususiyatlari, allergen va zaharli turlari hamda ayrimlarining terapevtik imkoniyatlari ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Jumladan, chivinlar, pashshalar, burgalar, bitlar va qandalalar kabi asosiy guruhlarning turli yuqumli kasalliklarni tarqatishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, miyaz qo‘zg‘atuvchilar, allergik reaksiyalarni keltirib chiqaruvchi turlar va zaharli hasharotlarning patogen ta’siri ko‘rib chiqilgan. Maqolada maggot terapiya, asalari mahsulotlarining shifobaxsh xususiyatlari hamda sud tibbiyotida hasharotlardan foydalanish istiqbollari ham bayon etilgan. Xulosa sifatida, hasharotlarning tibbiy ahamiyati ularning biologik xilma-xilligi bilan uzviy bog‘liq ekani hamda zararli turlarga qarshi profilaktika choralarini kuchaytirish va foydali turlar imkoniyatlaridan oqilona foydalanish zarurligi ta’kidlangan.
References
Shaykhutdinov N.A., Qodirov Sh.K. Tibbiy biologiya va genetika. Toshkent, 2018.
World Health Organization (WHO). Vector-borne diseases. Geneva, 2023. Available at: https://www.who.int
Goddard J. Physician’s Guide to Arthropods of Medical Importance. 7th ed. CRC Press, 2017.
Sherman R.A. Maggot Therapy: A Review of the Therapeutic Applications of Fly Larvae. Journal of Wound Care, 2014; 23(6): 305–311.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Tibbiy parazitologiya va entomologiya bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Toshkent, 2021.
Centers for Disease Control and Prevention (CDC). Arthropod-borne diseases. Atlanta, 2022. Available at: https://www.cdc.gov.





