“OLIY MATEMATIKA FANIDAN INTEGRAL HISOB BO‘YICHA DARSLARNI SAMARALI TASHKIL ETISH METODIKASI”

Authors

  • Choriyorov Aliyor Jo‘rayevich, A.U.Arziqulov Samarqand Davlat Pedagogika instituti talabasi , v.b.prof., Samarqand Davlat Pedagogika instituti professori

Keywords:

integral hisob, aniqmas integral, aniq integral, boshlang‘ich funksiya, integralni hisoblash usullari, o‘zgaruvchini almashtirish, bo‘laklab integrallash, ratsional funksiyalar, trigonometrik integrallar, irratsional funksiyalar, matematik modellashtirish, didaktik tamoyillar, interfaol metodlar, oliy matematika, o‘qitish metodikasi, pedagogik texnologiyalar.

Abstract

Mazkur maqolada oliy matematika fanining muhim bo‘limi hisoblangan integral hisobni o‘qitishning nazariy-metodik asoslari va samarali tashkil etish usullari yoritilgan. Ishda boshlang‘ich funksiya, aniqmas va aniq integral tushunchalarining mazmuni, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda tarixiy rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Shuningdek, integral hisobning oliy ta’lim tizimidagi o‘rni, talabalarda matematik modellashtirish, funksiyalarni tahlil qilish va amaliy masalalarni yechish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan.

Maqolada integral hisobni o‘qitishda didaktik tamoyillar, an’anaviy va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni uyg‘unlashtirish masalalari ko‘rib chiqilib, dars jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan. Bundan tashqari, aniqmas integralni hisoblash usullari, jumladan, o‘zgaruvchini almashtirish, bo‘laklab integrallash, ratsional, trigonometrik va irratsional funksiyalarni integrallash usullari tizimli ravishda bayon etilgan.

References

Alimov Sh. A. va boshqalar. Algebra va analiz asoslari, o‘rta maktabning 10-11 sinflari uchun darslik. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1996-yil va keyingi nashrlari.

Kolmogorov A. N. tahriri ostida. Algebra va analiz asoslari. 10-11 sinflar uchun darslik. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1992-yil.

Vafoyev R. H. va boshqalar. Algebra va analiz asoslari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. Toshkent, “O‘qituvchi”, 2001-yil.

Abduhamidov A. U. va boshqalar. Algebra va analiz asoslari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun sinov darsligi. Toshkent, “O‘qituvchi”, 2001 yil

Antonov K. P. va boshqalar. Elementar matematika masalalari toplami. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1975-yil va keyingi nashrlari.

Skanavi M. N. tahriri ostida. Matematikadan masalalar toplami. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1983-yil va keyingi nashrlari.

http://www.istedod.uz – “Iste’dod” jamg‘armasi sayti.

http://www.edunet.uz – maktablar, o‘quvchi va o‘qituvchilar sayti.

http://www.ziyonet.uz/-Jamoat axborot ta’lim tarmog‘i.

Downloads

Published

2026-04-21