ABDUQAYUM YO‘LDOSHNING “MUAMMO” HIKOYASIDA KONFLIKT VA UNING BADIIY TALQIN
Keywords:
konflikt, badiiy tahlil, psixologik konflikt, ijtimoiy muhit, xarakterlararo ziddiyat, badiiy detal, tabassum motivi, ruhiy evolyutsiya, zamonaviy jamiyat, ishonchsizlikAbstract
Mazkur maqolada Abduqayum Yo‘ldoshning “Muammo” hikoyasida konflikt masalasi badiiy-estetik jihatdan tahlil qilinadi. Asarda bosh qahramon Ikrom va ijtimoiy muhit o‘rtasidagi ziddiyat asosiy g‘oyaviy markaz sifatida yoritiladi. Shuningdek, xarakterlararo va ichki (psixologik) konfliktlarning o‘zaro bog‘liqligi ochib beriladi. Qahramon ruhiyatidagi o‘zgarishlar, ayniqsa, tabassum detalining semantik yuklamasi orqali ifodalanishi ilmiy asosda izohlanadi. Tadqiqot natijasida yozuvchi zamonaviy jamiyatdagi ishonchsizlik, madaniy muomala yetishmasligi va ijtimoiy muhit muammolarini badiiy vositalar orqali ochib bergani aniqlanadi.
References
Abduqayum Yo‘ldosh. Muammo hikoyasi.
Karimova S.. Kompozitsion mukammallik yo‘lida // O‘zbek tili va adabiyoti. – 1991. – №6. – B. 54–58.
K. Turdiyeva. Asar syujeti va kompozitsiyasi haqida // Til va adabiyot ta’limi. – 2001. – №3. – B. 23–27.
Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. – Toshkent: Fan.
www.ziyouz.com





