JADID ADABIYOTIDA MILLIY MAʼRIFAT VA SOG‘LOM JAMIYAT KONSEPSIYASI
Keywords:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan jadidchilik harakati millat taraqqiyoti, maʼrifat va ijtimoiy islohotlar g‘oyasini ilgari surgan muhim tarixiy hodisadir. Jadid adabiyoti ana shu harakatning maʼnaviy asosini tashkil etib, xalqni jaholatdan chiqarish, ilm-maʼrifatga yetaklash va sog‘lom jamiyat barpo etish g‘oyalarini keng targ‘ib qilgan.Abstract
Mazkur maqolada jadid adabiyotining milliy maʼrifat va sog‘lom jamiyatni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Unda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi jadid adiblarining ilm-maʼrifatni targ‘ib etish, jamiyatni isloh qilish va sog‘lom ijtimoiy muhitni barpo etishga qaratilgan g‘oyalari yoritilgan. Shuningdek, jadidchilik harakatining asosiy maqsadlari, uning jamiyat taraqqiyotiga taʼsiri hamda bugungi kundagi dolzarbligi ochib beriladi. Maqolada milliy o‘zlikni anglash, taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirish va axloqiy barkamol jamiyat qurish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan.
References
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. O‘zbek adabiyoti tarixi (5 jildlik). – Toshkent: Fan, 2006.
Naim Karimov. Jadidchilik harakati va milliy uyg‘onish. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2008.
O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. – Toshkent, 2000–2005.
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992.





