“NAHV-I MIR” ASARINING TUZILISHI
Keywords:
Nahv-i Mir, arab nahvi, sintaksis, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy, madrasa ta’limi, Movarounnahr arabistikasi, grammatik qoidalar, i’rob, amil, jumla tuzilishi.Abstract
Ushbu ilmiy maqolada klassik arab tili nahvi (sintaksisi) bo‘yicha mashhur qo‘llanma hisoblanmish “Nahv-i Mir” asarining tuzilishi, uning ilmiy-pedagogik xususiyatlari va Movarounnahr madrasalaridagi o‘rni chuqur tahlil qilindi. Asar muallifi Mir Sayyid Sharif Jurjoniy (740–816 hijriy / 1339–1414 milodiy) tomonidan fors tilida yozilgan bo‘lib, arab grammatikasining asosiy qoidalarini sodda va ixcham shaklda bayon etadi. Maqolada asarning umumiy tuzilishi, 20 ta darsdan iborat bo‘limlari, har bir bo‘limning mazmuni va o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, asarning ta’limiy ahamiyati va keyingi davrlar grammatika darsliklariga ta’siri yoritilgan. Tadqiqotda tarixiy manbalar, asarning ingliz va o‘zbekcha tarjimalari hamda o‘rta asr arab tili o‘qitish tajribasi asos qilib olingan. Maqola arab filologiyasi, ta’lim tarixi va tilshunoslikka qiziqqan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
References
Al-Jurjani, Mir Sayyid Sharif. Nahw Mir: A Primer in Arabic Grammar (inglizcha tarjimasi). Tarjimon: Asrar Rashid. Dar al-Imam Yusuf al-Nabhani, 2016.
Umurzoqov, B.S. “Arab tili tarixiga bir nazar va o‘tmishda Movarounnahr diyorida o‘qitilgan arab tili darsliklari” // CyberLeninka. 2025.
Ayniy, Sadriddin. Esdaliklar. Toshkent: Ma’naviyat, 2000.
Fitrat, Abdurauf. Tanlangan asarlar. 1-jild. Toshkent, 2000.
“Nahw Mir” (forscha asl matn va ingliz tarjimasi). Archive.org elektron resursi.
Jurjoniy, Sayyid Sharif. Nahv-i Mir (o‘zbekcha tarjima nusxasi). arabic.uz kutubxonasi.
Khanikov, N. Opisanie Bukharskogo khanstva. Sankt-Peterburg, 1843.
Rashid, Asrar. Introduction to Nahw Mir. Hadithiyya Publications, 2014.





