O‘ZBEKISTONDA LEGAL TECH SOHASIDA XALQARO ONLAYN TA‘LIM PLATFORMALARINI YARATISH

Authors

  • Sevinch G‘ulomova Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi

Keywords:

Legal Tech, onlayn ta’lim, mutaxassislar, huquqiy xizmatlar, yangi texnologiyalar, xalqaro platformalar, tadqiqotlar, raqamlashtirish.

Abstract

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda Legal Tech sohasida xalqaro onlayn ta’lim platformalarini yaratish zarurati, qulayliklari va imkoniyatlari tahlil qilinadi. Legal Tech texnologiyalarining huquqiy vazifalarini soddalashtirish va avtomatlashtirishdagi ahamiyati, shuningdek yuridik ta`lim tizimiga raqamli platformalarni tashkil etishning ahamiyati ko‘rib chiqiladi, O‘zbekistonning raqamli rivojlanish strategiyasi doirasida yuridik sohaga texnologiyalarni integratsiya qilish va dunyo miqyosida ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilinadi. Tadqiqotda onlayn ta’lim platformalarini foydalari, ularning xalqaro faoliyatdagi ishlarni almashishdagi o‘rni va huquqiy xizmatlarni raqamli shaklda namoyon etishning ijtimoiy hamda iqtisodiy jihatdan yaxshi tomonlari taqdim etiladi. Shuningdek, tadqiqot doirasida mana shu mavzu bo‘yicha ko‘plab izlanishlar olib borildi va Legal Tech sohasini mutaxassislarning o‘quv qo‘llanmalari, onlayn ta’limga oid maqolalar va ma’lumotlar tahlil qilindi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, O`zbekistonda Legal Tech sohasi yangi soha bo‘lgani uchun yosh talabalar va texnologiya sohasidagi mutaxassis vakillar tomonidan katta qiziqishlar uyg‘ongan. Biroq shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekistonda Legal Tech sohasi yangi bo‘lganligi bois xalqaro onlayn ta’lim platformalarini yaratish bo‘yicha hali keng imkoniyatlar yaratilmagan. Tadqiqot yakunida O‘zbekistonda Legal Tech sohasida xalqaro onlayn ta’lim platformalarini yaratish uchun usullar ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, maqola O‘zbekistonda Legal Tech sohasini rivojlantirish hamda ushbu sohada vakillari ko‘paytirish uchun xizmat qiladi.

References

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, 29.04.2020 yildagi PF- 5987-soni

Abt.uz: https://abt.uz/blog/bepul-onlayn-ta-lim-olish-uchun-jahonning-eng- yaxshi-7-ta-veb-sayti

https://scholar.kokanduni.uz

O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi 637-son qonuni. 2020- yil 23-sentabr

Cambridge Law journal: https://www.cambridge.org

Downloads

Published

2026-04-06