BARIATRIK JARR0HLIKDAN SO’NG OG’IZ BO’SHLIG’IDAGI O’ZGARISHLAR
Keywords:
bariatric jarrohlik, tish eroziyasi, karies, emal, dentin,vitamin B12.Abstract
Bariatrik jarrohlik -Bu oshqozonning bir qismini olib tashlash orqali kilogramm kamaytirish hisoblanadi. Odatda bu operatsiya 35-40 yoshlar oralig’idagi shaxslarga tavsiya etiladi. Bu operatsiya mashqlar va tabiiy usullar foyda bermaganda amalga oshiriladi . Operatsiya faqatgina kilogrammni kamaytirmasdan, ishtahani ham pasaytiradi. Ortiqcha vazn va semirishning tarqalishi 1980-yilllardan beri ortib bormoqda . Bariatrik jarrohlik 40-80 % gacha vazn yuqotish va qo’shimcha kasalliklarni samarali kamayishini ta’minlaydi, bundan tashqari buyrak muammolari giperparatiroidizm, anemiya va metobolik suyak kasalliklari kabi ba’zi salbiy ta’sirlarga ega. Operatsiya qilingan bemorlarda eng ko'p uchraydigan oshqozon-ichak asoratlari o'n ikki barmoqli ichak stenozi, oshqozon yarasi, diareya, surunkali qusish, reflyuks va oshqozon-qizilo'ngach saratoni hisoblanadi. Shuningdek, temir, vitamin B12, D vitamini va kaltsiy etishmovchiligi xavfi ortadi, bu asosan oshqozon va ichak tomonidan ozuqa moddalarining yomon singishi bilan bog'liq.





