BUXORO VILOYATI MISOLIDA SHO’RLANGAN MAYDONLARDA INGICHKA VA O’RTA TOLALI G’O’ZA NAVLARI TAHLILI

Authors

  • Raxmonov Raxmatillo Umaralievich ,Avezov Shohmirjon Mavlonjonovich Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori

Keywords:

Qishloq xo‘jaligi, hosildorlik, tuproq, cho‘llanish, g‘o‘za seleksiyasi, g‘o‘za navlari, poliploidiya, chigit.

Abstract

Hozirgi zamon qishloq xo‘jaligini yuksaltirishda seleksiya va urug‘chilikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda seleksiya va urug‘chilik ishlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son “Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini qabul qilinishi, bu sohaning huquqiy asoslarini yaratib berdi. Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 apreldagi Farmonida ta’kidlanganidek, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va uning raqobat bardoshligini oshirish, mamlakat aholisining 60 foizdan ortiq qismi yashayotgan qishloqning farovonlik darajasini yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda. Hosildorligi past bo‘lgan yerlar unumdorligini oshirish, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug’larini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish , grokimyoviy xizmat ko‘rsatish va tuproqni muhofaza qilish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishni ta’minlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.

Published

2023-12-15