Ogahiy asarlari o‘rganilish tarixi
Keywords:
xxxxxxxxxxxxAbstract
Xorazm necha asrlardan buyon o‘zining ilm-fani, madaniyati, san’ati, me’moriy yodgorliklari va buyuk allomalari bilan jahon madaniyatini bebaho xazinalar bilan boyitgan va tarix sahifalarida salmoqli o‘rin egallagan ko‘hna zamindir. Yuksak madaniyat o‘chog‘I bo‘lgan bu o‘lkada,ayniqsa, XIX asrga kelib, madaniy hayot qayta jonlana boshlagan. Xonlikning poytaxti bo‘lgan Xiva madaniy-adabiy muhit markazi bo‘lgan. Bu esa fan va madaniyatning rivojiga zamin yaratgan. Adabiyot ham ravnaq topa boshladi,natijada o‘zbek mumtoz adabiyotining an’analari bilan bog‘liq nodir asarlar yaratildi. Iste’dodli shoir salohiyatli muarrix, mohir tarjimon Muammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy ana shunday adabiy muhitning yirik vakillaridan biri edi. O‘zbek xalqining buyuk farzandlari qatoridan o‘rin olgan Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy o’zining jahonshumul badiiy asarlari va qomusiy ahamiyatga molik ilmiy merosi bilan o‘zbek adabiyoti madaniyati va fani xazinasidan munosib o‘rin egallagan ulug‘ siymodir. Ogahiy hayoti o‘ta qiyin va murakkab bo‘lgan. Shunga qaramasdan Ogahiydan bizga boy ilmiy va adabiy meros qolgan, olimlarning aniqlashicha, 26 asardan iborat bo‘lgan bu merosdan hozirgacha kitob xazinalarida uning 22 ta asari bo‘yicha 72 ta qo‘lyozmalari mavjud.





