Hajviyot-haqiqat quroli
Keywords:
hajviyot,yumor,satira “Donishqishloq latifalari”,sof va samimiy kulgi,fosh etish,zakiy lutf.Abstract
O‘zbekiston Qahramoni, xalqimizning sevimli shoiri Erkin Vohidovning serqirra va betakror ijodi she’riyat muhlislari qalbini nazmning ajib gulshaniga oshufta qilib kelmoqda.Ayniqsa, ijodkor she’rlaridagi zukkolikka hamda sof samimiy yumorga yo‘g ‘rilgan hajviyot har qanday kitobxonni o ‘ziga maftun etishi tabiiy.Shoirning she‘rlarida insonga zavq-shavq beradigan,qalbga huzur bag‘ishlaydigan,ko‘ngilga yorug‘lik olib kiradigan yumorning go‘zal namunalarini uchratamiz.Bunday she’rlar quvnoq shoir siymosini kitobxon ko‘ngliga yanada yaqinlashtiradi.





