YUSUF VA ZULAYXO DOSTONINING HAZORA NUSXASIDAGI MATNIY TAFOVUTLAR VA ULARNING ASAR SUJETIGA TA’SIRI
Keywords:
Sujet, ma’noviy tafovutlar Durbek, “Yusuf va Zulayxo” dostoni, “Uch bulbul gulshani” Muhammad binni Said Mirzo Ahmad Buxoriy, Mirzo Izzatulloh Xoksor, Hazora nusxasi,.Abstract
Maqolada Durbekka nisbat berilgan “Yusuf va Zulayxo” dostonining Afg‘onistonning Hazora viloyatida hijriy 1269-yilda (milodiy1853-yilda) Mirzo Izzatulloh Xoksor tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxasi va uni mavjud nashrlar bilan chog‘ishtirganda uchraydigan matning tafovutlari haqida so‘z yuritiladi. Ushbu matniy tafofutlarning asar sujetiga bo‘lgan ta’siri misollar asosida atroflicha dalillanadi. Mazkur qo‘lyozma bugunki kunda Buxoro san’at muzey-qo‘riqxonasida 27891/11 inv. raqami ostida saqlib kelinmoqda. Ushbu doston 1915-yilda adabiyotshunos olim Sh. Sharafiddinov (Xurshid) tomonidan 1615-yilda Muhammad binni Said Mirzo Ahmad Buxoriy ko‘chirgan nusxa asosida krill yozuviga ko‘chirilgan va ikki marta nashr etilgan. Maqolada Hazora nusxasining mavjud nashrlardan farqlanuvchi ayrim ma’noga oid matniy xususiyatlari tasnif va tahlillar asosida ko‘rsatib beriladi. Hazora nusxasi asosida dostondagi unifikatsiyon va ma’noviy farqliklar shuningdek, sujet bilan bog‘liq tafovutlar qiyosiy aspektda aniqlashtiriladi. Hazora nusxasining muhim ilmiy qimmati dalillanadi.





