Brutsellyoz kasalligini insonlarda patogenezi tashxisi va davosi
Keywords:
Malta isitmasi, zoonoz kasallik, Rayt reaksiyasi, Byurne testi,Xeddlson reaksiyasi, Kums reaksiyasi.Abstract
Brutsellyoz (Malta isitmasi, qora oqsoq) keng tarqalgan zoonoz kasallik hisoblanib, asosan u bilan hayvonlar kasallanadi. Kasallik o’ta havfli infeksiyalar guruhiga kiradi.Insonlarga esa kasallik yuqtirgan hayvonlar bilan muloqotda bo’lganda uchraydi.Shu jihatidan brutsellyoz kasb kasalligi hisolanadi.Asosan cho’ponlar, kushxona, terini oshlash korxonasi ishchilarida yuqori ko’rsatkichga ega.Brutsellyoz asosan hayvonlarning bolalash muddati- mart va may oylarida avjiga chiqadi. Shu bois bu kasallik mavsumiydir.Brutsellalar kasal hayvonning suti, siydigi, go’ngi, tushgan bolasi bilan tashqariga chiqadi, ular shu hayvonning go’shtidan ham topiladi.Inson kasallik qo’zg’atuvchilarini fekal, aerogen yo’l orqali, shuningdek shikastlangan teri va shilliq qavatlar,ya’ni kontakt yo’l orqali ham yuqtirib oladi.Kasallikka uchragan hayvonlarning xom suti va sut mahsulotlari (pishloq, moy, tvorog) ,shuningdek yaxshi pishirilmagan go’shti iste’mol qilinganda yuqadi. Kasallanib tuzalgan odamlarda nosteril immunitet hosil bo’lgani uchun ushbu kasallik keyinchalik yana qayta yuqishi mumkin.Odamlardagi brutsellyozning ko’p klinik belgilari boshqa kasallik (sil, revmatizm, bezgak toshmalar, qorin tifi) belgilariga juda o’xshash bo’ladi.Bulardan farqlashda asosan zamonaviy tibbiyot differensial diagnostikaga usullaridan foydalanadi.





