KVERSETIN HOSILALARI SINTEZI VA ULARNING TIMOTSIT HUJAYRALARIGA TA’SIRI
Keywords:
Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX), kversetin, pentaatsilkversetin, pentametilkversetinAbstract
Hozirgi vaqtda flavonoidlar turli xil oziq-ovqat, farmatsevtika, tibbiyot va kosmetika sanoatida ajralmas komponenti sifatida qaraladi. Dunyoning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlarida oʼsimlik flavonoidlarining turli xil biologik va farmakologik xususiyatlari ustida jadal ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ushu tadqiqot ishida kversetinning atsillangan hamda metillangan hosilalari sintez qilindi. Hujayra yorug’lik o’tkazuvchanligi usuli yordamida gipoosmotik stress sharoitda hujayra hajm boshqarilishiga kversetin va hosilalari konsentratsiyaga bog‘liq ta’siri o’rganildi.





