KREDITOR VA QARZ OLUVCHI O‘RTASIDA KREDIT BERISH YOKI UNI OLISHDAN BOSH TORTISHDAN KELIB CHIQUVCHI MUNOSABATLARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH
Law science
Keywords:
kreditor (qarz beruvchi), qarz oluvchi (mijoz), kredit, kredit tarixi, qisman yoki butunlay bosh tortish.Abstract
Har bir jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishi bevosita ishlab chiqarish hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mehnat omillari ta’minlaydi. Ishlab chiqarishning bu omillar bilan bir tekisda ta’minlanishida kreditning o‘rni beqiyosdir. Chunki ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyekti o‘z faoliyatini kengaytirish yoki zamonaviy uskunalar sotib olish uchun unga albatta mablag‘ kerak bo‘ladi. Agarda, uning o‘zida yetarlicha mablag‘ bo‘lmasa, kredit tashkilotlariga murojaat qilish orqali o‘z ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Mazkur maqolada banklar va kredit tashkilotlari tomonidan kredit berishdan, shuningdek, qarz oluvchi tomonidan kredit olishdan qisman yoki butunlay voz kechish sabablari va uning huquqiy oqibatlari borasida so‘z yuritiladi.





