Current Issue
Yil tadqiqotchisi – 2025” tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hamda 2023-yil 11-sentyabrdagi PF–158-sonli “O‘zbekiston–2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonlarida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
Tanlovning asosiy maqsadi — oliy ta’lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlariga mos holda takomillashtirish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida mustahkam integratsiyani ta’minlash, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shuningdek, davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish orqali mamlakatimizda innovatsion fikrlashga ega yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Shuningdek, tanlov turli ta’lim yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan izlanuvchilar, ilmiy pedagogik xodimlar va yosh olimlarning dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-amaliy ishlanmalarini rag‘batlantirish, ularning erishgan natijalarini ommalashtirish va fan-texnika taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini e’tirof etishni ko‘zda tutadi.
Mazkur tashabbus doirasida 20 million so‘m miqdoridagi grant jamg‘armasi ajratilgan bo‘lib, u eng faol va istiqbolli tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.